GM UZBEKISTAN CHEVROLET ORLANDO IShLAB ChIQARIShNI TO‘XTATMOQDA

0
55
марта кўрилган.

«General Motors» kompaniyasining modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyasiga muvofiq, «Chevrolet Orlando» avtomobilini «GM Uzbekistan» AJ ishlab chiqarish quvvatlarida yig‘ish 2018 yilning birinchi choragida yakunlanadi.

Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatildi.

“GM Uzbekistan” AJ dillerlik korxonalari bilan birgalikda “Chevrolet Orlando” rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar uchun iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini hamda shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda avtomobilni to‘liq yetkazib berilishini ta’minlaydi.

«GM Uzbekistan» AJ matbuot xizmati

Ёйиш

МУЛОҲАЗА БИЛДИРИШ

Мулоҳаза киритилмади!
Исми шарифингизни киритинг.