2030 yilga kelib dunyoda 800 million ishchi o‘z ish joyini yo‘qotadi

0
183
marta ko‘rilgan.

Dunyoda 2030 yilga kelib  800 million ishchi o‘z ish joyini yo‘qotadi va mazkur ish o‘rinlarini robotlar egallaydi,  deb bashorat qiladi AQShning Nyu-York shtatida joylashgan MakKinsi xalqaro instituti.

Institut dunyoning 46 mamlakatdagi 800 ta soha va kasblarni o‘rganib, ana shunday xulosaga kelgan. AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlarda  boshqaruv va  ishlab chiqarish sohasidagi ishchilarning uchdan bir qismi boshqa ish qidirishga majbur bo‘ladi. Ayniqsa, og‘ir va yengil sanoat, buxgalteriya, arxiv kabi sohalar to‘liq avtomatlashgan tizimga o‘tadi. Shifokor, o‘qituvchi, advokat, hamshira, bog‘bon kabi kasblarda esa inson aqli va kuchidan nisbatan kengroq foydalaniladi.

Boshqaruv va ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan tizimni yo‘lga qo‘yishga investitsiya qilishga imkoni yo‘q malakatlarda esa (endi rivojlanayotgan mamlakatlarda) bu ko‘rsatkich u qadar yuqori bo‘lmaydi. Masalan, institutning taxminiga ko‘ra, 2030 yilga kelib Hindistonda faqat 9 foiz kasb va sohalargina bunday yuqori texnologiyalardan foydalanadi.  

Demak, inson zakovati tufayli isoniyat turmush tarzini yengillashtirish yo‘lida qulayliklar yaratishga erishilar ekan, kelajakda yana zakovati ila robotlar tufayli ish o‘rinlarini yo‘qotgan insonlarni ish bilan ta’minlash masalasini ham hal qilinishi ham zarurat  bo‘lib qoladi.

O.Sa’dullayeva  tayyorladi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.