4 fevral – Xalqaro saraton kasalliklariga qarshi kurash kuni

0
155
marta ko‘rilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bergan ma’lumotlariga ko‘ra hozirgi kunda  yiliga saraton bilan kasallanish   dunyo bo‘yicha   10 million kishini tashkil qilar ekan. 

Shundan ularning 70 foizga yaqini shu yilning o‘zida davo muolajalariga qaramasdan xayotdan ko‘z yumar ekan. Bu ko‘rsatkich 2020 yilga kelib 2 marta, 2030 yilga kelib 3 marta oshishi kutilmokda.

Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha eng ko‘p kasallanish  1-chi o‘rinda o‘pka saratoniga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, yiliga 1,5 mln. kishi, shundan shu yilning o‘zida davolash muolajalariga qaramasdan 1,3 million bemor vafot qiladi.

Ikkinchi o‘rinda  sut bezi saratoni turadi,  ya’ni yiliga 1,15 million ayol kasallanar  va shundan 600 ming bemor  bir yil ichida  davolash muolajalariga qaramasdan vafot qiladi. Uchinchi o‘rinda   bachadon bo‘yni  va keyingi o‘rinlarda yo‘g‘on ichak, me’da, jigar, prostata bezi  xavfli o‘sma kasalliklari turadi. 

Matniyaz MATNIYAZOV,

tibbiyot fanlari nomzodi,

oliy toifali shifokor

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.