AQShda o‘zbek milliy raqslari tarixi va xoreografiyasiga  bag‘ishlangan onlayn trening

0
70
marta ko‘rilgan.

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi o‘zbek madaniyati va san’atini ommalashtirish doirasida Amerikaning «Silk Road Dance Company» kompaniyasi bilan birgalikda milliy raqs san’atini o‘rgatish bo‘yicha «Central Asian Dance Camp 2020»  ikki haftalik onlayn trening tashkil etdi.

O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda AQShning 11 shtatidan vakillar ishtirok etdi. Jumladan, Virjiniya, Kaliforniya, Kentukki, Kolorado, Luiziana, Massachusets, Merilend, Ogayo, Kolumbiya okrugi, Tennessi va Florida kabi mintaqalarning o‘zbek milliy san’ati ixlosmandlari ikki hafta davomida o‘zbek raqsidan saboq olishdi.

Ushbu treningning Amerika tomonidan tashkilotchisi dunyoga mashhur olim, «Silk Road Dance Company» rahbari Jorj Vashington nomidagi universitet professori Laurel Grey bo‘lib, u 1984 yil Amerikada O‘zbekiston raqs va madaniyat jamiyatiga asos solgan.

 Hayotini o‘zbek raqs san’atisiz tassavvur eta olmaydigan amerikalik bu ayol o‘zbek milliy raqsining Amerikadagi asoschisi degan o‘ziga xos sharafli nom bilan mashhur.
Olima Vashington Teatrlar jamiyati, Vashington Raqs san’ati jamiyati, O‘rta Sharq mamlakatlari san’ati akademiyasi, Londondagi “Markaziy Osiyo festivali”, Erondagi “Arash” san’at festivali kabi o‘nlab davlat va xalqaro miqyosdagi tashkilotlar, tanlovlar sovrindoridir.

Shuningdek, 2007 yilda O‘zbekiston Madaniyat Vazirligi hamda Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti ham Laurel Viktoriya Greyni “Toshkent davlat san’at instituti faxriy professori” degan unvon bilan taqdirlagan.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.