Bali vulqon ichida qoladimi?

0
235
marta ko‘rilgan.

Indoneziyaning Bali orolidagi Agung tog‘ida tez orada vulqon otilish xavfi mavjud, deya xabar beradi BBC axborot xizmati. Indoneziya hukumati favqulotda vaziyat e’lon qilgan. Orolning aeroporti yopilib, reyslar harakati to‘xtatilgan. Ma’muriyat aytishicha, tog‘dan chiqayotgan quyuq tutun va kullar 3400 metr uzoqlikkacha tarqalgan. Vulqondan taralayotgan “kichik portlashlar” sasi 12 km uzoqlikkacha eshitilib turibdi. Hukumat vulqondan 10 km uzoqlikkacha bo‘lgan hududdagi aholini evakuatsiya qilinishini buyurgan. Shuningdek, mahalliy aholiga niqoblar tarqatilmoqda.
Adelaida universiteti geologi Mark Tsingay Bi-bi-siga bergan intervyusida “portlashning ko‘lami haqida oldindan bashorat qilish qiyin, u juda katta va vayronkor, yoki aksincha kichikroq ko‘lamda ham o‘tishi mumkin” deb aytgan.
Ma’lumot o‘rnida:
Indoneziya “Olov halqasi” deb atalgan tez-tez seysmologik hodisalar sodir bo‘luvchi, vulqon harakati faol bo‘lgan hududda joylashgan.
130 dan ortiq faol vulqonlar mavjud.
Oxirgi marta Agung tog‘ida 1963 yilda portlash sodir bo‘lib, mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Surat Reuters axborot agentligi saytidan olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.