Zamon bilan hamnafas bo‘lish yaxshi-da!

0
86
marta ko‘rilgan.

Saudiyada ayollarining  ko‘pgina huquqlari cheklangan. Masalan, saudiyalik ayollarning mashina haydash huquqi  berilganiga endigina ikki yil bo‘ldi.

Makka shahridagi ayollar maktabida 2002 yil mart oyida yuz bergan yong‘in chog‘ida diniy politsiya hodimlari qizlarning bosh kiyimsiz va uzun ko‘ylaksiz tashqariga chiqarishga ruxsat etmadi. “Tilsiz yov” 15 nafar begunoh o‘quvchini hayotdan bevaqt olib ketdi. Bundan ota-onalar qattiq iztirob chekishdi.

Hukumat 2010 yilga kelibgina o‘t o‘chiruvchilarga qizlarni har qanday holatda ham olovdan olib chiqishga ruxsat berdi.

Saudiyada ayollarning sport bilan shug‘ullanishi ma’qul ko‘rilmaydi. Sport klublariga faqat erkaklar a’zo bo‘lishi mumkin. Oqibatda 41,4 foiz xotin-qizlar semizlikdan aziyat chekishmoqda.

Biroq, ayollar baribir yo‘l topishga intilishaverishadi. Masalan, 2012 yilgi London olimpiadasida ilk bora saudiyalik ayol ham ishtirok etdi.  Zamon bilan hamnafas bo‘lish yaxshi-da!

R. SAPAYEVA  tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.