Covid-19 holati bo‘yicha jahon yangiliklari

0
98
marta ko‘rilgan.

 Dunyo miqyosida 10 milliondan ortiq kishi koronavirusdan zararlandi, vafot etganlar soni esa 500 mingdan ortdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida bir kunda mingdan ziyod Covid-19 holati ro‘yxatga olingan, umumiy kasallanganlar soni deyarli 40 mingga yetdi.

 YEIning “Global maqsad: Kelajagimiz uchun birlashish” virtual xayriya tadbiri qashshoq mamlakatlarga Covid-19 ga qarshi kurashishda ko‘maklashish uchun 6,15 milliard yevro miqdorida mablag‘ to‘pladi.

 Qirg‘iziston Prezidenti apparati rahbari Dosali Esenaliyev koronavirusga chalindi. Apparatda kasallik yuqtirgan xodimlar 17 nafarni tashkil qilmoqda.

Isroil hukumati koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlangani to‘g‘risida ma’lum qildi.

Nobel mukofotining 18 nafar laureati, 100 dan ortiq dunyo yetakchilari, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar va korxonalarga COVID-19 ga qarshi ommaviy vaksina yaratish to‘g‘risida murojaatnomaga imzo qo‘yishdi.

 Epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli, AQSh rasmiylari fuqarolarni ma’suliyatli bo‘lishga, ijtimoiy masofani saqlashga va niqob taqishga chorlamoqda.

To‘rt yuz mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan Pekin yaqinida qat’iy karantin choralari qayta tiklandi. Zarur buyumlarni sotib olish uchun kuniga bir marta uydan chiqishga ruxsat beriladi.

 Singapurda Covid-19 bilan bog‘liq holatlarni kuzatib borish uchun aholiga Bluetooth yordamida foydalaniladigan “TraceTogether” aloqa moslamalari tarqatilmoqda.

@aoka_uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.