Dunyoda yiliga minglab kishi qalbaki dori-darmonlardan vafot etmoqda

0
121
marta ko‘rilgan.

Bugun dunyoda yiliga o‘n minglab kishi qalbaki dori-darmonlardan vafot etmoqda, deb xabar beradi Reuters axborot xizmati.  

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hisob berishicha, rivojlanayotgan mamlakatlarda xarid qilinayotgan har o‘nta doridan bittasi qalbaki dori-darmonlar bo‘lib, kasalikka qarshi hyech qanday foydasi yo‘q, balki aksincha sog‘liqqa ziyondir. Tashkilot 2007-2016 yillar davomida rivojlanayotgan mamlakatlarda sotilayotgan barcha dori vositalarining 10.1 foizini (aniqrog‘i 48 mingta dori vositasini) o‘rganib, ana shunday xulosaga kelgan.

Bu qalbaki dori vositalaridan aziyat chekayotganlarning aksariyati Afrika davlatlariga to‘g‘ri kelib, ularning ko‘pchiligi pnevmoniya va bezgak kasalligida qo‘llanadigan vositalardir. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mazkur muammo sababini Afrika davlatlari farmatsevtlari dori vositalarini ishonchli farmkompaniyalaridan emas, balki arzon ishonchsiz ishlab chiqaruvchilardan sotib olishlarida, deb ko‘rsatmoqda.

Bunday dori vositalarining ba’zilar umuman boshqa kerak bo‘lmagan ingridientlardan tayyorlangan bo‘lsa, ba’zilarida qo‘llanish dozasi xato ko‘rsatilgan yoki umuman xato miqdorda ishlab chiqarilgan, yana ba’zilari esa zarur saqlash sharioti mavjud emasligi tufayli  yaroqsiz holatga kelgan.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda farmatsevtika biznesi aylanmasi 300 milliard AQSh dollariga teng bo‘lib, bunda qalbaki dori vositalarining ulushi 30 milliardga teng. Tashkilotning taxminicha, samaradorligi past bo‘lgan antibiotik dori vositalarini qabul qilish natijasida  yiliga 72 mingga yaqin bolalar pnevmoniyadan vafot etyapti. Yana 116 ming kishi esa samaradorligi umuman yo‘q bo‘lgan dorilar qabul qilgani tufayli bezgakdan vafot etgan. Soxta dori vositalarini nafaqat pnevmoniya va bezgakka qarshi qo‘llanadigan vositalar orasida, balki saraton kasalligidan tortib kontratseptiv dori vositalari orasida ham topish mumkin.

O.Sa’dullayeva tayyorladi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.