Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari nomi e’lon qilindi

0
307
marta ko‘rilgan.

Stokholmda Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasida fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlarining nomi ma’lum qilindi. 9 million shved kronasini Kip Torn, Rayner Vayss va Berri Berrish o‘zaro bo‘lishib olishadi. Bu haqida seshanba kuni Qirollik fanlar akademiyasining Nobel qo‘mitasi xabar berdi. 

2017 yil fizika sohasidagi Nobel mukofoti LIGO loyihasi, shuningdek gravitatsion to‘lqinlar kuzatuvi uchun Kip Torn, Rayner Vayss va Berri Berrishga topshirildi. 

Berri Berrish gravitatsion to‘lqinlar bo‘yicha yetakchi ekspert va LIGO rahbarlaridan biri hisoblanadi.

Rayner Vayss va Kip Torn esa ushbu loyihaning boshida turishgan va LIGO‘da ishlashda davom etishmoqda.

LIGO (Laser Interferometer Gravitational-Wave Observatory) – lazer-interferometrik gravitatsion-to‘lqinli rasadxona AQSHda joylashgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.