Hindistonning Assam shtati Sog‘liqni saqlash vaziri Himanta Bisva Sarma: SARATON KASALLIGI ILOH TOMONIDAN YUBORILGAN JAZO

0
120
marta ko‘rilgan.

Hindiston Assam shtati Sog‘liqni saqlash vaziri Himanta Bisva Sarmaning saraton kasalligi bu kishilarga iloh tomonidan yuborilgan jazodir, degan fikri hindistonliklarning g‘azabiga sabab bo‘ldi, deya xabar beradi BBC axborot xizmati.
Himanta Bisva Sarma Guvahati shahridagi ommaviy tadbirda shunday degan: “insonning qilgan gunohlari tufayli iloh jazo yuboradi, bu gunoh albatta kishining o‘zi tomonidan sodir etilgan bo‘lishi shart emas, balki ota-onasining gunohlari ham farzandiga urishi mumkin”.
Saraton kasalligiga uchragan kishilar va ularning yaqinlari esa norozilik namoyishi o‘tkazganlar.
Muxolifat partiyalar vazirdan “beo‘xshov izohi” uchun kechirim so‘rashni talab qilganlar.
Butun Hindiston demokratik partiyasi esa “vazir davlatda saraton kasalligi tarqalishini oldini ololmaganini ana shunday bahona bilan izohlayapti” degan fikrni bildirgan.
Suvrat BBC axborot xizmatidan olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.