Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda yosh cheklovi borligini bilasizmi?

0
577
marta ko‘rilgan.

Bugun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish darajasi butun dunyoda tobora o‘sib bormoqda. Germaniyadagi “Statistika” kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotlarga qaraganda, 2017 yilda butun dunyoda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni 2 milliard 46 milliondan oshgan. Bu esa yer yuzi aholisining esa qariyb 40 foizi demakdir. Shuningdek, bu raqam internetga kiruvchilarning 71 foizi bo‘lib,  bir nuqtadan kirilganda oilaning bir nechta a’zolari yoki korxona, tashkilotlarning jamoasi keng foydalanishi mumkin.

Inson hayotiga internet keng miqyosda kirib kelayapti. Ijtimoiy tarmoqlar kishilar, xususan yoshlar o‘rtasida ijobiy hamda salbiy ta’sir kuchiga ega. Ijtimoiy tarmoqlardan axborot olish, o‘zaro muloqotga kirishish kabi ijobiy tomonlari kishining og‘irini yengil qiladi. Chet elda o‘qiyotgan farzandlaringiz bilan ko‘rishib gapirishib turishingiz ham sizni xursand qiladi. Afsuski, yolg‘on axborotlar bilan “zaharlanish”, bekorchi va behuda sur’at, video va suhbatlar bilan vaqtni zoe ketkazish, yoshlarni real hayotdan uzilib, butkul virtul olam fuqarosiga aylanib qolish kabi zararli jihatlari mavjudligini ham inkor etib bo‘lmaydi.

Masalan, Facebook ijtimoiy tarmog‘iga kirganimda  kishilarning muloqatida  keraksiz, ortiqcha gap so‘zlarga vaqt sarflaganini ko‘rib bekor ketgan vaqtlarga achinaman. Ishbilarmonlik muloqotlari juda kam. Ayniqsa, bolalarning bekorchi suhbatlar bilan bir-birlarining vaqtini zoe ketkazishayotganini kuzatish mumkin.

Shu sabab bugun ko‘pgina ijtimoiy tarmoqlarda profil yaratish yoshi belgilab qo‘yilmoqda. Masalan, Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari xizmati vakilining BBCga bergan  intervyusida kompaniya ijtimoiy tarmoqlari profil egasi 13 yoshdan kichikligi aniqlasa, o‘smirning platformadan akkauntini o‘chirib tashlanishi va uni yana boshqatdan profil yaratishga yo‘l qo‘ymaslik chorasi ko‘rilishini aytgan.

 Shunday bo‘lsa-da, bugun  ijtimoiy tarmoqlarda 13 yoshdan kichik bo‘lgan juda ko‘plab o‘smirlarning profili mavjud. Masalan, Buyuk Britaniyadagi Telekommunikatsiya boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi 11-12 yoshdagi o‘smirlarning deyarli yarmi ijtimoiy tarmoqlarda o‘z profiliga ega.  Mamlakatdagi 10 yoshdagi bolalarning 28 foizi, 11 yoshli bolalarning 46 foizi va 12 yoshdagi boshlalarnging 51 foizi ijtimoiy tarmoqlarida o‘z akkauntini ochganlarini aniqlagan.

Lekin, bu yoshlarning barchasi ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladigan axborotlar ishonchli emasligini bilmaydilar, manbasini tekshirmaydilar, ba’zida hatto umuman tanimagan shubhali kishilar bilan muloqotga kirishib, ularning zararli ta’siriga tushib qoladilar. Masalan, Buyuk Britaniyada yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlarda 32 foiz yoshlar internet axborotlari to‘g‘riligiga ishonishlarini aytishgan.

 Shu bilan birga, bugun barcha ota-ona ham ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda yosh chegarasi mavjudligini bilmaydi.  Masalan, Buyuk Britaniyadagi Telekommunikatsiya boshqarmasining tadqiqotlariga ko‘ra, bugun mamlakatdagi farzandi Instagram va Snapchat ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanuvchi har o‘nta ota-onadan sakkiztasi mazkur yosh cheklovi haqida bilmasliklari aniqlangan.

Shu bois bolalarni turli yolg‘on axborotlar, zararli g‘oyalar va qora niyatli kishilarning yomon ta’siriga tushib qolmaslik uchun ota-onalar farzandlari internetdan nima maqsadda foydalanayotganlarini kuzatib borishlari lozim. Ular olayotgan axborotlarni boshqa manbalarning xabarlari bilan qiyoslash orqali  tekshirib ko‘rish mumkin. Bolalarda yangiliklarni ishonchli manbalardan olish ko‘nikmasini shakllantirish, kim bilan muloqot qilayotganlaridan doimiy ravishda boxabar bo‘lib turishlari maqsadga muvofiqdir.

 Oydin Sa’dullayeva tayyorladi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.