Jahonni qamrab olgan uyali telefonning paydo bo‘lish tarixi uzoq emas

0
188
marta ko‘rilgan.

Birinchi uyali telefon AQShda ishlab chiqarilganligini ko‘pchilik biladi. Manbaalarga ko‘ra, 1973 yilning 3 aprelida Motorola  kompaniyasining mobil aloqa bo‘limi direktor Martin Kuper uyali telefonni qulog‘iga qo‘yib, Manxettenni aylanib chiqadi. Bunday holatga o‘rganmagan odamlar Kuperning harakatlaridan hayratlanishadi. “Bu qanday matoh” deya odamlarda qiziqish ortadi… 

Shunday qilib,  odamlarni hayratlantirgan uyali telefon olti yil o‘tib birinchi marta Trevel Elektroniks kompaniyasi tomonidan 1979 yilda ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi. O‘sha paytdagi birinchi uyali aloqaning og‘irligi 907 gramm va narxi o‘sha paytda 3895 dollarni tashkil etgan. Bu taxminan o‘rtacha bitta mashina narxiga to‘g‘ri kelmoqda. Abonent to‘lovlari uchun bir oyga 50 dollar to‘lanib, bir daqiqali suhbat uchun  24 dan 40 sentgacha mablag‘ yechilgan. Bu degani 1 litr benzin narxiga teng bo‘lmoqda.

Soha taraqqiyoti, talabning yuksalishi uni yanada ommaviylashtirib, tannarxini arzonlashtirdi. Bugungi kunda u jahonni egallab oldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.