Germaniya Federativ Respublikasi Kansleri Angela Merkel o‘zi uchun oxirgisi sanalayotgan bu galgi yangi yil murojaatnomasi juda qiyin kechgan yilga to‘g‘ri kelganini ta’kidlab, kanslerlik lavozimidagi eng noodatiy murojaat bo‘lganini tan oldi.
2021 yil sentyabr oyida Germaniya bundestagi uchun bo‘lib o‘tadigan navbatdagi saylovlarda Merkel kanslerlik lavozimiga da’vo qilmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz: Angela Doroteya Merkel 17 iyul 1954 yil Gamburgda tug‘ilgan bo‘lib, mutaxassisligi fizik kimyogar olim. Tabiiy fanlar doktori Merkel 22 noyabr 2005 yildan beri Germaniya kansleri. U mamlakati tarixida birinchi kansler ayoldir.
gujum.uz