Ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi mamlakatlar ro‘yxati ma’lum qilindi

0
144
marta ko‘rilgan.

Britaniyaning HSBC banki ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi darajada bo‘lgan davlatlar haqidagi har yillik so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi. Singapur uch yildan beri reytingda yetakchi bo‘lib kelyapti.

Tadqiqot HSBC buyurtmasi bilan YouGov firmasi tomonidan tayyorlandi. Ushbu tashkilot 159 ta davlatdagi 27 mingdan ortiq kishi bilan so‘rovnoma o‘tkazdi. Yakuniy tahlilga ko‘ra,  so‘ralganlarning fikricha eng yaxshi hayot sharoitiga ega 46 davlat ro‘yxatga kirdi.

 Ishtirokchilar uchta yo‘nalishda 27 ta savolga javob qaytarishdi: iqtisodiyot, yashashga qulaylik va ko‘chib o‘tish hamda oila bilan yashash imkoniyati ya’ni ta’lim sifati va bolalarga g‘amxo‘rlikning yuksakligi.

Singapurda so‘rovdan o‘tkazilganlarning to‘rtdan uch qismi ko‘chalarning tozaligi, xavfsizligi yuqori darajdaligini va jamoat transporti tizimining xizmati yuksakligini qayd etishdi. Bu yerdamuqim  yashovchi so‘rovnoma ishtirokchilarining 26 foizi mahalliy ta’lim darajasiga yuqori baho bergan bo‘lsa, migrantlarning 64 foizi Singapurga ko‘chib o‘tishganidan keyin hayoti yaxshilanganini bildirgan.

HSBC tahlili bo‘yicha migrantlar uchun eng yaxshi o‘n davlat:

1. Singapur 
2. Norvegiya
3. Yangi Zelandiya
4. Germaniya
5. Niderlandiya
6. Kanada
7. Avstraliya
8. Shvetsiya
9. Avstriya
10. Birlashgan Arab Amirliklari

Ro‘yxatda 11- o‘rin Shvetsariya bo‘lsa, 46 o‘rinni Misr egallagan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.