Bugungi kunda jahon ahlining niqoblarga talabi katta.
Ixtirochi olimlar insonlarga doimiy foydalanish mumkin bo‘ladigan niqoblarni viruslardan himoya qilish ta’sirini oshirish borasida ko‘p izlanishlar olib borishmoqda. Yaqinda Razer firmasi o‘z ventilyatoriga ega yanada qulay niqoblarni taqdim etdi.
Ishlab chiqaruvchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, niqob qayta ishlangan plastiklardan tayyorlangan ekan. Niqobning yuqori qismi shaffof ko‘rinishda bo‘lib, insonning yuzi, imo-ishorasi ko‘rinib turadi. Hozir niqoblarning qora va kulrangdagilari ishlab chiqarilmoqda.