O‘zbekiston suv sifati reytingida yuqoriladi, ammo rivojlangan davlatlardan ancha orqada

0
98
marta ko‘rilgan.

Atrof-muhit ko‘rsatkichlari xalqaro reyting agentligi dunyo mamlakatlarining suv sifati bo‘yicha reytingini e’lon qildi.

Korrespondent xabariga ko‘ra, 180 ta davlat orasida Avstriya, Finlyandiya, Gretsiya, Islandiya va Irlandiya suv sifati yuqori bo‘lgan mamlakatlar beshligiga kirdi.

O‘zbekiston ro‘yxatda 58-o‘rinda qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yillarga qaraganda ancha yaxshilangan bo‘lib, 2016 yilda 136, 2018 yilda 118 o‘rinda edi.

Reytingni tuzishda ichimlik suvi va kanalizatsiya sifatiga eng ko‘p e’tibor qaratildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyoda 1 milliarddan ortiq kishi, Markaziy Osiyoda taxminan 22 million kishi sog‘liq uchun xavfsiz suv manbaiga ega emas.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.