O‘zbekiston xorijiy OAV nigohida

0
161
marta ko‘rilgan.

«The New York Times»: “O‘zbekiston o‘z eshiklarini ochmoqda”
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan va uning rahbarligida O‘zbekistonning barcha sohalarida amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Xorijiy OAV va internet-nashrlarda e’lon qilingan ko‘plab maqolalar shundan dalolat beryapti, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

AQShning “The New York Times” nashri 2017 yil 27 noyabr kuni “O‘zbekiston o‘z eshiklarini ochmoqda” sarlavhali maqola e’lon qildi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev iqtisodiyotni isloh etishni boshlagani ta’kidlangan.

Jahon banki 2017 yilda O‘zbekiston biznes yuritish sharoitlarni sezilarli darajada yengillashtirgan o‘nta davlat qatoriga kirgani haqida xabar berib, korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, qurilishga ruxsat olish, minoritar investorlarni himoya qilish, soliqqa tortish va elektr ta’minoti tizimiga ulash sohalarida amalga oshirilgan islohotlarni qayd etdi.

Jahon bankining biznes yuritish sharoitlarining qulayligiga baho beradigan Doing Business reytingida O‘zbekiston 190 mamlakat ichida 74-o‘rinni egallab, Xitoy va Ukrainani ortda qoldirdi.

* * *

Sputnik: Shavkat Mirziyoyevning yangicha siyosati

Mamlakatni isloh qilishning asosiy bo‘g‘ini davlat organlarining faoliyatini yangi andozalar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqishdan iborat, deb ta’kidlaydi “Sputnik” nashri, buning uchun “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi Qonunni ishlab chiqish taklif etildi. Bo‘lajak yangilanishlarning asosiy mazmuni – iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sirni kamaytirish va bozor iqtisodiyoti mexanizmlaridan keng foydalanish.

Bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun Prezident Qonun va me’yoriy hujjatlar ijodkorligini takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, turli dasturlar ijrosini ta’minlashda qonunlar qabul qilish amaliyotini qayta ko‘rib chiqish tashabbusini ilgari surdi, fuqarolarning jamoaviy elektron murojaatlarini qabul qilish uchun “Mening fikrim” degan maxsus elektron portal ochishdek qiziqarli g‘oyani taklif etdi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.