O‘zbekistonga yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini berish masalasi ko‘rib chiqildi

0
53
marta ko‘rilgan.

O‘tgan haftada yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar hukumatlari bosh vazirlari o‘rinbosarlari darajasida o‘tgan yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi komissiyasi kengashining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimizga ushbu ittifoqda kuzatuvchi maqomini berish masalasi ko‘rib chiqildi.

Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Armaniston va Qirg‘iziston vakillari bu masala bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish maqsadida uni YEOIIga a’zo davlatlarning bo‘lajak sammiti kun tartibiga kiritdi. Sammit yaqin oylarda Minskda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

May oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisida keng muhokamadan so‘ng mamlakatimizning YEOIIda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish taklifi qo‘llab-quvvatlangan edi. Tegishli rasmiy talabnoma Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashiga yuborildi.

Kuzatuvchi maqomini olish O‘zbekistonga YEOII doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tashkilotning barcha muhim qarorlaridan xabardor bo‘lish imkonini beradi. Bu O‘zbekistonning YEOIIga a’zo davlatlar bilan, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, transport, migratsiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirishga xizmat qiladi.

O‘tgan yili O‘zbekistonning YEOIIga a’zo davlatlar bilan tovar aylanmasi 11 milliard AQSh dollaridan oshdi, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 6 milliard AQSh dollaridan ziyodroq edi.

Manbaa:O‘zA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.