Pandemiya bo‘yicha jahon yangiliklari

0
63
marta ko‘rilgan.

 Avstriya barcha qo‘shni davlatlar uchun koronavirus bilan bog‘liq chegara postlardagi cheklovlarni bekor qiladi, Italiya bundan mustasno 

 Angela Merkel pandemiyadan so‘ng Germaniya iqtisodiyotini tiklashni tezlashtirish uchun mo‘ljallangan 130 milliard yevro miqdoridagi rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlarning yangi paketini ma’lum qildi. QQS vaqtincha qisqartiriladi, oilalar har bir farzand uchun 300 yevro olishadi.

 Germaniya ham 15 iyundan boshlab yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Shengen hududi va Buyuk Britaniya uchun turizm cheklovlarini bekor qiladi 

 Mumbay qirg‘oqlarida yuz bergan dovul sabab Hindistonning g‘arbiy shtatalaridagi sohilbo‘yi hududlaridan evakuatsiya qilingan 100 000 dan ortiq odam orasidan koronavirus kasalligi aniqlandi.

 Prezident Donald Tramp tomonidan tavsiya etilgan bezgakka qarshi dori Gidroksixloroxin)ning patogenga qarshi himoya salohiyati ilmiy jihatdan batafsil o‘rganilganda, bemorlarni mutlaqo himoya qila olmasligi aniqlandi.

Sergey Sobyanin Moskva koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun taxminan 250 milliard rubl sarflashini, shuningdek, Rossiya poytaxtida 2020 yil daromadlaridan 500 milliard rubl kamayishini ma’lum qildi.

 Ispaniya hukumati pandemiyaga qarshi kurashda joriy qilingan favqulodda holatni oxirgi marta uzaytirish uchun paralament ko‘magini ta’minlashga so‘z berdi.

 Xitoy fuqaro aviatsiyasi boshqaruvchisi 8 iyundan boshlab xorijiy aviakompaniyalar uchun Xitoyga xalqaro parvozlarni amalga oshirishilari mumkinligini ma’lum qildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.