Rajesh Nair: O‘zbekiston men ko‘rgan eng xavfsiz mamlakatlardan biri

0
82
marta ko‘rilgan.

O‘zbekistonning milliy brendi konsepsiyasini ishlab chiqish doirasida AOKA «O‘zbekiston xorijliklar nigohida» — «Perceptions of Uzbekistan through the eyes of foreigners»  loyihasini amalga oshirishni boshladi.

Loyiha doirasida O‘zbekistonda uzoq vaqtdan buyon yashayotgan xorijiy mehmonlarni taklif etiladi, ular O‘zbekistonni qanday tassavur qilishlari, yashash uchun yaratilgan sharoitlar hamda  kelajakda mamlakatda ko‘rishni istayotgan o‘zgarishlar haqida suhbatlashiladi.

Loyihaning birinchi mehmoni faol hayot tarzi targ‘ibotchisi, velosipedchi, 50dan ortiq davlatlarda bo‘lgan Rajesh Nair (Rajesh Nair) bo‘ldi. U yurtimizda 2019 yilning noyabridan buyon yashamoqda.

 Intervyudan lavhalar:  «O‘zbekistonda juda ko‘p mehribon va mehmondo‘st odamlarni uchratdim. O‘zimni qadrli mehmondek his etdim, bu ajoyib mamlakat madaniyatidan bahra oldim. Men o‘zimni xuddi uyimdagidek his etyapman. Menga bu yerda yashash yoqadi».

 «O‘zbekiston men ko‘rgan eng xavfsiz mamlakatlardan biri».

 «O‘zbekiston xalqi o‘zi va o‘z yurtidan faxrlansa arziydi».

 «Mamlakatingiz faol turizmni rivojlantirish uchun katta potensialga ega».

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.