ShHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining Pekin shahridagi majlisi

0
64
marta ko‘rilgan.

2018 yilning 13-16 mart kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari tomonidan ShHT Davlat rahbarlari kengashi va Hukumat rahbarlari kengashi (bosh vazirlar) bo‘lajak majlislarining kun tartibi va yakuniy hujjatlari loyihalari, tashkilotning mazkur muhim tuzilmalariga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni muhokama qilindi.

Milliy koordinatorlar 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy tadbirlar dasturi va ko‘p tomonlama hamkorlikning boshqa masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

 O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.