Sinovli kunlar: Uyda qoling, o‘zingizni, oilangizni asrang

0
105
marta ko‘rilgan.

Pandemiya  boshlangandan buyon dunyo miqyosida 11,7 milliondan ortiq aholida kornavirus infeksiyasi aniqlangan. Virusdan zararlanish oqibatlari va kelib chiqqan kasalliklar tufayli 540 mingdan ziyod odam hayotdan ko‘z yumdi, 6,6 million nafar bemor sog‘aydi.

 Jahon banki va Xalkaro valyuta jamg‘armasi koronavirus pandemiyasi sababli oktyabr oyida har yilgi kuzgi uchrashuvlarini onlayn tarzda o‘tkazadi. 

 Avstraliyaning ikkinchi yirik shahri Melburn ma’muriyati koronavirus infeksiyasining yangi rekord darajada o‘sishi tufayli fuqarolarni 6 hafta davomida izolyasiya qilish bo‘yicha karantin choralarini qayta tikladi.

 Tojikistonda COVID-19 tarqalishini kamaytirish maqsadida masofaviy to‘lov xizmatiga o‘tilmoqda.

Ozarbayjon hukumati umumiy ovqatlanish joylarida ijtimoiy masofalanish tartibini tasdiqladi.

 Bolgariyada koronavirus sababli favqulodda holat rejimi iyul oyining so‘ngiga qadar uzaytirildi.

Hindiston COVID-19 dan zararlanganlar soni bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketdi.

Buyuk Britaniya Milliy Fanlar akademiyasi prezidentining so‘zlariga ko‘ra, koronavirusni yengish uchun har kim uydan chiqishda niqob taqishi kerak. Buyuk Britaniya niqobdan foydalanishda ko‘plab davlatlardan «ortda qolmoqda».

 Pekin koronavirusning yangi holatlari mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lum qildi. Xitoy 6 iyul kuni koronavirusning 8 ta yangi holatini ma’lum qilgandi. Barcha holatlar chet eldan tashrif buyurganlar orasida aniqlangan.

Isroilda COVID-19 yangi holatlarining keskin ortishi natijasida iqtisodiyotga chuqur ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qat’iy choralarning oldini olish maqsadida, ba’zi cheklovlar qayta joriy qilindi. Barlar, tungi klublar, sport zallari va tadbir zallari yopildi.

Manbaa:@aoka_uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.