“Turk oqimi” quvuri orqali Rossiya gazi Turkiya va yevropaga yetkaziladi

0
100
marta ko‘rilgan.

Rossiya gazini Turkiya va yevropaga yetkazib beruvchi “Turk oqimi” quvurining ochilish marosimida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on va uning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin ishtirok etdi, deya xabar beriladi O‘zA saytida.

Ma’lumot o‘rnida, 2017 yilning mayida boshlangan gaz quvurining qurilishi uchun 8 milliard dollar sarflangan.

Uning 930 kilometridan ko‘prog‘i Qora dengiz tubidan o‘tadi. Gaz quvuri orqali har yili Rossiyadan Turkiyaga 31,5 milliard kubometr gaz yetkazish ko‘zda tutilgan. Gaz hajmining yarmi Bolqon va Markaziy yevropa, jumladan Bolgariya, Serbiya va Vengriyaga yetkaziladi.

Bolgariyaning “Bulgartransgaz” gaz operatori tomonidan tarqatilgan rasmiy xabarga ko‘ra, 5 yanvar kuni Rossiya quvur orqali gaz yetkazib berishni boshlagan.

Quvurning ishga tushirish marosimidan avval Putin va Erdo‘g‘on o‘rtasida “yakkama yakka” formatida muzokaralar o‘tkazilgan.

Avvalroq Kreml matbuot xizmati Putin Turkiya prezidenti bilan muzokaralarda Suriya va Liviyadagi vaziyatni muhokama qilishini, shuningdek ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yuzasidan fikr almashishi borasida xabar bergan edi.

7 yanvar kuni Putin Turkiyaga Suriya orqali tashrif buyurdi. Suriyada ayni ziddiyatli mojarolar avj olgan vaqtda Rossiya prezidenti Damashqda prezident Bashar Asad bilan uchrashdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.