UzTrade AQSh yo‘nalishida eksportni kengaytirmoqda

0
114
marta ko‘rilgan.

O‘zbek milliy mahsulotini AQSh bozoriga eksportini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi qoshidagi UzTrade kompaniyasi Golden Natural Product Inc. (AQSh) kompaniyasi bilan 500 ming dollar qiymatda quritilgan meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishga shartnoma imzoladi.

Mazkur eksport shartnomalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Nyu-York shahriga buyurgan oliy darajadagi tashrifi doirasida, UzTrade AJ hamda kompaniyaning AQSh dagi Savdo uyi UzAmerican trade Corp o‘rtasida imzolangan kelishuvlar asosida amalga oshirilmoqda.

Hozirgi vaqtda SP OOO Best Tastes Technology tomonidan ishlab chiqarilgan UzKand mahalliy belgisi ostidagi quritilgan meva va sabzavot mahsulotlarining ilk partiyasi eksport qilindi.

 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.