Xalqaro UFC turnirida birinchi o‘zbekistonlik sportchi

0
129
marta ko‘rilgan.

Abu-Dabida bo‘lib o‘tayotgan UFC 257 aralash yakkakurashlar musobaqasining asosiy turnirida o‘zbekistonlik Maxmud Murodov  amerikalik Endryu Sanchesga qarshi maydonga tushdi. 

Biz bellashuvni uzreporttv da qiziqish bilan tomosha qildik. O‘rta vazn toifasida  bo‘lib o‘tgan jangning birinchi raundida-yoq hamyurtimizning ustunligi sezildi.

Jangdagi hal qiluvchi lahza uchinchi raund daqiqalarida sodir bo‘ldi, Sanches ajoyib zarbalarni yaratgan Muradovning bosimiga dosh berolmadi. Amerikalikning qarshilik qila olmasligini ko‘rgan hakam  jangni to‘xtatdi.

Maxmud Murodov UFC musobaqasida qatnashayotgan  o‘zbekistonlik birinchi sportchidir. U O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib, jang maydonini quvonch bilan aylandi.

J. SA’DULLAYEV tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.