Yangi qonun qisqichbaqasimonlar huquqlarini himoya qiladi

0
335
marta ko‘rilgan.

Shveytsariyada lobsterlar(qisqichbaqasimonlar) huquqini himoya qilishga qaratilgan qonun ishlab chiqildi, deya xabar beradi  Euronews axborot xizmati.

Mamlakat restoranlarida endi lobsterlar tiriklayin qovurilmaydi yoki qaynatilmaydi, balki qozonga tashlashdan avval elektroshok orqali o‘ldiriladi yoki miya tizimiga mexanik tarzda zarar yetkaziladi. Yangi qonun joriy yilning 1 martidan kuchga kiradi.

Olimlarning aniqlashicha, lobsterlarda asab tizimi yaxshi rivojlangan bo‘lib, og‘riqni his qiladilar. Tiriklayin o‘tga tashlash esa qiynoqqa duchor qilish bo‘lib, jonzotlar huquqlarini buzish sanaladi. Olimlarning fikricha, lobsterlarni elektroshok orqali yoki miya tizimiga mexanik tarzda zarba berib jonini olish esa nisbatan og‘riqsiz o‘tadi.

Yangi qonunda, shuningdek, itlarning huquqlari ham himoya qilingan. Qonunga ko‘ra, itlarni ko‘p hurimaslikka o‘rgatish maqsadida taqiladigan maxsus bo‘yinbog‘lar taqish man etiladi.

Oydin Sa’dullayeva tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.