Yetmish uch yoshli Li Yon Gyun do‘sti xotirasiga 210-marafonini o‘tkazdi

0
42
marta ko‘rilgan.

Yetmish uch yoshli Li Yon Gyun sharros yomg‘ir quyayotganiga qaramasdan o‘zining so‘nggi – 210-marafonini bosib o‘tishga jazm etdi. Janubiy koreyalik sportchi shu paytgacha 209 marta marafonda ishtirok etgan bo‘lib,  ana shu  masofalarni jamlasa, 8800 kilometrdan ko‘proqni tashkil etadi.

Marafonchi Li Yon Gyunning maykasiga sakkiz ming metrli Himolay cho‘qqilarini 14 marta zabt etgan janubiy koreyalik birinchi alpinist Pak Yun Sokning surati tushirilgan. Pak Yun Sok 2006 yilda 8848 metrli Everest cho‘qqisiga ko‘tarila boshlaganida Li Yon Gyun do‘stiga ana shu 8848 marrasini kilometr hisobida yugurib bosib o‘tish va’dasini bergan edi.

Pak Yun Sok  yer kurrasidagi ikki qutbida bo‘lgan va Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan alpinist. Ushbu sportchi o‘zining ikki do‘sti bilan 2011 yilda Annapurning janubiy yonbag‘ridan ko‘tarilayotgan paytda yo‘qolib qolgan. Taxminlarga ko‘ra, alpinistlarni 6000 metr balandlikda ko‘chki bosib qolgan va   qidiruv natija bermagan.

Uning do‘sti Li Yon Gyun nafaqaga chiqquniga qadar Pak Yun Sok nomidagi jamg‘arma direktori bo‘lib ishladi.

Marafonchi Li Yon Gyun o‘zining o‘zining yetmish uch yoshida  210-marafonini 4 soatu 38 daqiqada  bosib o‘tib, do‘sti Pak Yun Sokka bergan  so‘zining ustidan chiqdi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.