Yevropa osmoni bo’ylab sirli radioaktiv bulut tarqaldi

0
214
marta ko‘rilgan.

Yevropa osmoni bo’ylab radioaktiv bulut tarqalgan. Olimlar Avstriya, Germaniya, Italiya, Frantsiya kabi bir qator davlatlar ustida – atmosferada ruteniy-106 izotopi miqdorining yig’ilganini qayd etdilar. Biroq, bulut qayerdan kelgani, uning paydo bo’lishiga nima sabab bo’lgani hali aniqlanmadi.

Fransuz mutaxassislari taxminicha, radioaktiv element oqimi Rossiya yoki Qozog’iston tomondan kelgan.

“Ehtimol, yadroviy ob’ektlardan birida biror intsident yuz bergan. Tarkibida rutenyum-106 mavjud bol’gan biror material bilan ishlash jarayonida avariyaviy holat yuz bergan  va atmosferaga radioaktiv moddalar chiqib ketgan”, – deydi  Fransiya Radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik instituti vakili Jan-Mark Peres. Uning fikricha, avariya holati atom elektrostantsiyalarida yuz bermagan, aks holda radiatsiya juda yuqori  bo’lar edi. Hodisa, radioaktiv materiallarni qayta ishlash korxonalaridan birida sodir bo’lgan bo’lishi kerak.

Yevropa bo’ylab atmosferada tarqalgan ruteniy-106 izotopi inson salomatligiga xavf solmasada, Fransiya Radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik institute bu holatni jiddiy, deb hisoblaydi. Institut fikriga ko’ra, voqea sodir bo’lgan hududdan odamlarni evakuatsiya qilish kerak.

Rossiya va Qozog’iston hukumatlari esa yadro ob’ektlarida hech qanday instident yuz bermaganini bildirganlar.

Euronews yangiliklar xizmati materiallari asosida tayyorlandi.

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.