Yong‘in oqibatida ko‘plab mahbuslar halok bo‘ldi

0
57
marta ko‘rilgan.

Sal oldinroq Venesuela ommaviy axborot vositalari tomonidan mamlakatning Karabobo shtati politsiyasi qamoqxonasida g‘alayon ko‘tarilgani, oqibatda besh nafar mahsub halok bo‘lib, ikki nafar politsiyachi yaralangani haqidagi xabarlar tarqatilgan edi. Keyinroq esa qamoqxonada yong‘in chiqqani, o‘nlab qurbonlar borligi to‘g‘risida ma’lum qilindi. 

TASS bergan xabarga ko‘ra bugun Venesuela Bosh Prokurori Tarek Uilyam Saab “Twitter”da Karabobo shtati politsiyasi qamoqxonasida yong‘in sodir bo‘lib, mahbuslar halok bo‘lganini rasman tasdiqladi. 

Venesuela Bosh Prokurorining qayd etishicha, qurbonlar soni 68 nafar. Yong‘in mahbuslar va ularning oila a’zolari uchrashadigan binoda chiqqan. 

“Fojia sabablari aniqlanadi, har tomonlama surishtiruv-tergov ishlari olib boriladi. Aybdorlar o‘z jazosini oladi”, deya va’da bergan Venesuela Bosh Prokurori Tarek Uilyam Saab “Twitter”dagi yana bir xabarida. 

Malohat Husanova, O‘zA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.