Zaharlangan sutlar xorijga ham eksport qilingan

0
71
marta ko‘rilgan.

Ma’lumki, o‘tgan yilning dekabr oyida Fransiya kasalxonalariga 35 nafar  Lactalis quruq sutidan zaharlangan emizikli go‘daklar yotqizilib, ularning 18  nafariga o‘tkir ichak kasalligi infeksiyasi diagnozi qo‘yilgandi, deya xabar beradi  Euronews axborot xizmati.

 Aniqlanishicha, mazkur quruq sutlar tarkibiga tayyorlanish jarayonida gigienaga amal qilinmaganligi natijasida salmonella infeksiyasi tushgan. Shunga qaramay, Fransiyada yirik tijoriy oziq-ovqat kompaniyalar Lactalis quruq sutlarini sotishni davom ettirganlar. Kuni kecha mazkur yirik tijoriy  oziq-ovqat kompaniyalari keng jamoatchilikdan rasmiy ravishda uzr so‘radilar.

Fransiyadagi Jabrlangan bolalar Assotsiatsiyasi prezidenti Kventin Giyeman aytishicha, Lactalis quruq sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyasining Picot va Milumel nomli sutlari jahonnning 65 ta davlatiga eksport qilinib, jahon jamoatchiligini ana shu sutlarni sotib olmaslikka chaqirdi. “Gap millionlab sut qutilari haqida boryapti ular millionlab emizikli bolalarni kasal qilishi mumkin” deydi Kventin Giyeman. 

Salmonella infeksiyasi qishloq xo‘jaligi hayvonlaridan yuquvchi ichak bakteriyasi bo‘lib, bu bilan zaharlangan kishilarda diariya, oshqozon og‘rig‘i, qusish va organizm suvsizlanishi kabi simptomlar kuzatilib, bu ayniqsa yosh bolalar uchun katta xavf tug‘diradi.

Bugun Fransiyada mazkur sutdan kasallangan  35 nafar bolalar tuzalib, uyga qaytganlar.

Oydin Sa’dullayeva tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.