AGAR FARZANDINGIZNI TARBIYALAMASANGIZ BOShQALAR “TARBIYALAYDI”

0
71
marta ko‘rilgan.

Durdona SAYFULLAEVA,

bolalar psixologi

 Prezidentimiz maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratmoqda. Bunday paytda barchamiz ushbu xayrli ishga o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shmog‘imiz lozim.

Maktabgacha ta’lim tizimining takomillashuvi ota-onaga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Mehnat faoliyatimdan kelib chiqqan holda shuni aytishim mumkinki, ayrim ota-onalar farzandini bog‘chaga bergach, uning ta’lim olishi, tarbiyasiga e’tiborsiz bo‘ladi. Ular barcha mas’uliyatni tarbiyachilarga yuklashadi. Aslida bu ish unchalik to‘g‘ri emas.

Ba’zan farzandimiz biror ishni noto‘g‘ri qilsa, “bola-da” deb qo‘yamiz. Bu bilan katta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. Aslida shirintoylarimizning har bir so‘zini diqqat bilan tinglab, ularga to‘g‘ri javob qaytarishga og‘rinmaslik kerak.

Bugun axborot xurujlari, eng avvalo, yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Farzandlarimizni ana shunday yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishdan asrash maqsadida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Unutmang, agar farzandingizni o‘zingiz tarbiyalamasangiz, boshqalar “tarbiyalaydi”.

Xulosa o‘rnida Yurtboshimizning quyidagi so‘zlarini aytib o‘tsak, “Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi”.

«Sog‘lom avlod» gazetasi tahririyati hamda «Sog‘lom ona va bola» ayollar va yoshlarni qo‘llab quvvatlash  markazi hamkorligida o‘tkazilgan davra suhbatini  Dildora FAYZIEVA yozib oldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.