Bolalarni ularning sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish – har bir oilaning, mahallaning  burchi

0
185
marta ko‘rilgan.

Toshkent shahri Shayxontohur tumani hokimiyati majlislar zalida Toshkent shahar  «Sog‘lom ona va bola» ayollar va yoshlar markazining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi  loyihasi asosida ”Oila madaniyati- yurt tinchligi” mavzuidagi “Salohiyat” ko‘chma klubining navbatdagi tadbiri 2017 yil 19 dekabr kuni soat 10.00da  bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman mahallalarining xotin- qizlar qo‘mitalari raisalari, mahalla maslahatchilari jami yetmishga yaqin kishi qatnashdi. Tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari, xotin qizlar qo‘mitasi raisi Surayyo Nasimovna Po‘latova qisqacha kirish so‘zi bilan ochib, ma’ruzachilar bilan tanishtirdi.

«Sog‘lom ona va bola» ayollar va yoshlar markazi rahbari, Respublikada xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ra’no Zaripova O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag‘ishlangan tantanali marosimda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutqida aytilgan muhim va ulug‘vor islohotlarning mohiyatini sharhlab berdi.  Jumladan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mohiyatiga ko‘ra, jamiyat hayotining barcha sohalaridagi tizimli islohotlarning “yo‘l xaritasi”ga aylanganligi, harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida shu yilning o‘zida 20 dan ortiq qonun va 700 dan ziyod qonunosti hujjatlari qabul qilinganligi, xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilingan 2017 yilda “Inson manfaatlari hamma narsadan ulug‘” degan g‘oya asosida katta ishlar amalga oshirilganligini gapirdi.

Toshkent shahrida tumanlar darajasida xalq deputatlari kengashlari ta’sis etilganligi, poytaxt aholisi ham endi o‘z vakillari – deputatlar orqali tumanlarni boshqarishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lganligini ta’kidladi.

Shuningdek, Mamlakatimiz prezidenti tomonidan  8 sentyabrda imzolangan “Bolalarni ularning sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi. Ushbu hujjatning asosiy maqsadi  bolalarimizni ularning sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotlardan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, unda davlat organlarining ushbu sohadagi vakolatlari, bu faoliyatda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokining mexanizmlari aniq belgilanganligi to‘g‘risida gapirdi. Shuningdek, bu Qonun har bir mahallaga, oilaga, ota-ona, buva-buviga katta mas’uliyat yuklashini ta’kidladi.

Ma’ruza oxirida huquqiy mavzuda ochiq muloqot bo‘lib, huquqiy savollarga atroflicha javob berganlarga  o‘zining va oilasining mualliflik kitoblaridan oila lavrasida o‘qish uchun armug‘on qildi.

Ikkinchi yo‘nalish an’anaga ko‘ra, oilalarning mutolaa madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlandi. Unda O‘zbekiston Davlat jahon tillari o‘qituvchisi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Dilorom Yormatova ma’ruza qildi. U inson ma’naviyatining yuksalishida kitobning o‘rni va ahamiyati haqida gapirdi. Ochiq muloqotda faol qatnashganlarga va tuman “Mahalla”fondiga  o‘z ijodidan 8ta kitobni sovg‘a qildi.

Tadbirda markazning hamkorlari bo‘lgan OAVlari – “G‘uncha”(7ta) hamda “Gulxan”(7ta) jurnallaridan va “Sog‘lom avlod” gazetasi(20ta), “Klass” gazetasi(5ta), “Tong yulduzi”  gazetasidan(25ta) yig‘ilish qatnashchilariga farzandu nevaralar bilan birga mutola qilish uchun armug‘on etildi.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                      J. Sa’dullayev tayyorladi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.