ChET TILI TO‘GARAKLARI BEPUL BO‘LADI

0
136
marta ko‘rilgan.

Gulbahor PARPIYEVA,

Maktabgacha ta’lim vazirligi bosh mutaxassisi

 Yurtboshimiz farzandlarimizning chuqur bilim olishi, o‘z iqtidor va salohiyatini to‘la namoyon etishi uchun ta’lim sohasiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Bu borada muhim tarixiy hujjatlar imzolanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ana shunday muhim qarorlardan biri bo‘ldi. Ushbu sa’y-harakatlar tufayli yangi – Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Vazirlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida boshqaruv xodimlari cheklangan soni 47 nafardan iborat bo‘lgan markaziy apparat tuzildi.

Vazirlik ish boshlaganidan buyon oldimizga qo‘yilgan aniq maqsadlar sari harakatlanyapmiz. Eng avvalo, joylardagi maktabgacha ta’lim tizimining moddiy-texnik bazalari o‘rganildi. Hududlardagi qarovsiz binolarni maktabgacha ta’lim muassasalariga aylantirish rejaga kiritilmoqda. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish bo‘yicha dastur tuzilmoqda. Endilikda MTMlarda faqat oliy ma’lumotli kadrlar mehnat qiladi.

Shuningdek, o‘rganishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ayrim chekka hududlarda umuman bog‘cha faoliyat ko‘rsatmaydi. Bu muammoning ham yechimini topishga harakat qilyapmiz. Misol uchun Navoiy viloyatining Qizilcha va Temirtov qishloqlarida 2018 yilning sentyabr oyida maktabgacha ta’lim muassasasi binosi qurib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirildi. Chekka hududlarda ota-ona tomonidan to‘lanadigan badal puli ham 50 foizga arzonlashtirildi.

Kelgusidagi rejalardan yana biri maktabgacha ta’lim muassasalarida chet tili to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. E’tiborlisi, mashg‘ulotlar mutlaqo bepul bo‘ladi.

«Sog‘lom avlod» gazetasi tahririyati hamda «Sog‘lom ona va bola» ayollar va yoshlarni qo‘llab quvvatlash  markazi hamkorligida o‘tkazilgan davra suhbatini  Dildora FAYZIEVA yozib oldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.