Inson manfaatlari hamma narsadan ulug‘

0
335
marta ko‘rilgan.

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanining Yu.Rajabiy nomidagi mahallasida   «Sog‘lom ona va bola» ayollar va yoshlar markazining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi  loyihasi asosida ”Oila madaniyati- yurt tinchligi” mavzuidagi “Salohiyat” ko‘chma klubining navbatdagi tadbiri 2017 yil 14 dekabr kuni soat 16.00da  bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Mahalla rahbari Adham Zohidov  tadbirni ochib, kun tartibi va ma’ruzachilar bilan tanishtirdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ikkinchi Chaqiriqida deputat bo‘lib saylanib faoliyat yuritgan, ayni kunda  Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori Hofizaxon Karimova asosiy qonunimiz-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining– xalqimiz hamda yurtimizning buguni va kelajagining ifodasi ekanligi. shu bois ham mamlakatimizda Bosh Qomusimiz qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazilishi yaxshi an’anaga aylanganligini gapirib, bu yilgi tantanali marosimda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutqida aytilgan muhim va ulug‘vor islohotlarning mohiyatini sharhlab berdi.

Jumladan, poytaxtimiz Toshkent shahrida tumanlar darajasida xalq deputatlari kengashlari ta’sis etilganligi, bu borada adolatni tiklab, Konstitutsiyamizga tegishli o‘zgartirishlar kiritilganligi, Toshkent shahri aholisi ham endi o‘z vakillari – deputatlar orqali tumanlarni boshqarishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lganligini ta’kidladi.

Shuningdek, Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida shu yilning o‘zida 20 dan ortiq qonun va 700 dan ziyod qonunosti hujjatlari qabul qilinganligi, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilingan 2017 yilda “Inson manfaatlari hamma narsadan ulug‘” degan g‘oya asosida katta ishlar amalga oshirilganligini bir-bir gapirib berdi. Shuningdek, u  Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati sharhlangan bukletni tinglovchilarga oila davrasida o‘qishlari uchun tarqatdi.

Toshkent shahar «Bilim» kutubxonasi markazi nomidan yosh shoiralar G.Matyoqubova, Zebo Mirzayeva, M Normatovalarning “Mehr rishtasi”, “Dengiz-u ummon osha”, “Shukrona” kitoblaridan 12 tasini mahalla kutubxonasiga sovg‘a qildi.

Ikkinchi yo‘nalish an’anaga ko‘ra, oilalarning mutolaa madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlandi. Toshkent shahar «Sog‘lom ona va bola» ayollar va yoshlarni qo‘llab quvvatlash markazi direktori, Respublikada xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ra’no Zaripova mutolaning inson ma’naviyatining yuksalishidagi ahamiyati haqida gapirdi.

Tadbirda Ra’no Zaripova «Tafakkur qanoti» nashriyoti armug‘on qilgan 4 ta, Kamalak” nashriyoti armug‘on qilgan  5ta kitobni va o‘zining shaxsiy kutubxonasidan 8ta kitobni   mahalla  kutubxonasiga sovg‘a qildi.

 Shuningdek, tadbirda markazning hamkorlari bo‘lgan OAVlari – “G‘uncha”(5ta) hamda “Gulxan”(5ta) jurnallaridan va “Sog‘lom avlod” gazetasi(12ta), “Klass” gazetasi(5ta), “Tong yulduzi”  gazetasidan(20ta) yig‘ilish qatnashchilariga armug‘on etildi.     Oila davrasida o‘qish, bolalarni     mutola     madaniyatiga o‘rgatishda  hamisha uyingizga beminnat kirib boradigan gazeta –jurnallarning ahamiyati beqiyos ekanligini tushintirdi. Tadbir qizg‘in va savol- javoblarga boy tarzda o‘tdi.     

                             
 J . Ca’dullayev       tayyorladi.             

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.