Internetdan foydalanish madaniyati

0
512
marta ko‘rilgan.

 Toshkent- shahar «Sog‘lom ona va bola» ayollar va yoshlar markazining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi loyihasi asosida ”Oila madaniyati- yurt tinchligi” mavzuidagi “Salohiyat” ko‘chma klubining navbatdagi tadbiri Toshkent shahri Chilanzar tumanidagi

1- Qatartol mahallasidagi 183 maktabda bo‘lib o‘tdi.

Unda markaz rahbari, Respublikada xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ra’no Zaripova tadbirni ochib, kun tartibi va ma’ruzachilar bilan tanishtirdi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ikki marta deputat bo‘lib saylangan va hozir ham qonunchilik sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan yuridik fanlari nomzodi Shoira Oqbo‘tayevna Umarova oilaviy qadriyatlar, an’analarning ahamiyati ularning milliy qonunchiligimizda ifodalanishi, oila, onalik va bolalik davlat himoyasida ekanligini sharhlab berdi.

Ikkinchi yo‘nalish oilalarning mutolaa madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlandi. Respublikada xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ra’no Zaripova “Mutola tafakkurga qanot” mavzuda muloqot qilib. internetdan foydalanish madaniyatiga alohida e’tibor berdi. Markazning “gujum.uz” sayti, uning ruknlari, materiallari bilan tanishtirdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari asosida tinglovchilarga tarqatilgan “O‘z huquqingizni bilasizmi” tanloviga doir savolnomalarga oilaviy javoblar markazning “gujum.uz” saytida aks etishi, malakali javob bergan oilalar loyiha yakunida taqdirlanishi sayddan namunalar ko‘rsatib tushuntirildi.

Tadbir so‘ngida markaz a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiyot sanitariya birlashmasining 1-Markaziy poliklinikasida uzoq yillar ishlab nafaqaga chiqqan, hojilarning salomatligini kuzatuvchi sifatida haj va umra ziyoratiga xizmat safari bilan bir necha marta borgan tabarruk onaxon Raximaxon opa Zokirova, tibbiy maslahatlar berib, u markaz a’zosi “Chinobod” sanatoriyasi vrachi, oliy toifali vrach Xolida Ochilova yozgan ona yurt ne’mati bo‘lmish dorivor giyohlar va sabzovotlarning shifobaxsh xususiyati haqidagi turkum kitoblarni mahalla kutubxonasiga sovg‘a qildi. Shuningdek, markaz a’zolariining mualliflik kitoblaridan va «Tafakkur qanoti» nashriyotining shaxsiy kutubxonasidan 14 ta kitob mahalla kutubxonasiga sovg‘a qilindi. Tadbir qatnashchilariga oilaviy mutola uchun Sog‘lom avlod”, “G‘uncha”, «Klass», «Gulxan» “Tong yulduzi” gazeta va jurnallar ham tarqatildi.

J. Sa’dullayev

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.