Islom Karimov tavalludining  80 yilligiga bag‘ishlandi

0
95
marta ko‘rilgan.

Toshkent- shahar  «Sog‘lom ona va bola» ayollar va yoshlar markazining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi  loyihasi asosida ”Oila madaniyati- yurt tinchligi” mavzuidagi “Salohiyat” ko‘chma klubining  navbatdagi tadbiri Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlandi va u Mirobod tuman Mahalla fondi bilan hamkorlikda Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tdi.

Unda Mirobod tuman mahallalarining diniy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchilari, xotin- qizlar qo‘mitalari yetakchilari kollej o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Respublikada xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ra’no Zaripova mamlakatimizning birinchi prezidenti davrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, “Iste’molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va o‘tgan yil 8 sentyabrda mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Bolalarni ularning sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni asosida tadbir ishtirokchilari bilan suhbat o‘tkazdi. Muloqotda faol qatnashganlarga o‘zining va oilasining mualliflik kitoblaridan arg‘umon qildi.

“Gulxan” jurnalining bosh muharriri Zahroxon Hasanova o‘zi yetakchilik qilayotgan nashrning 1-sonida mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab chon etilgan ijodiy ishlar, jumladan shoir Raxim Farxodiyning dostoni haqida gapirdi. Zaxroxon Hasanova ushbu asarni  rus tilidan o‘zbek tiliga o‘zi o‘girgan bo‘lib, dostondan namunalar o‘qib berdi.

Tadbir so‘ngida kelajak avlodning ma’naviyatini, mutola madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan“Sog‘lom avlod”, “G‘uncha”, «Klass»,«Gulxan»“Tong yulduzi”  gazeta va jurnallari yig‘ilish  qatnashchilariga armug‘on etildi.

J. Sa’dullaev

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.