Maktabgacha ta’lim tizimiga mustahkam poydevor zarur

0
87
marta ko‘rilgan.

Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra inson umri davomidagi barcha ma’lumotlarning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davr oralig‘ida oladi. Misol uchun, buyuk bobomiz, muhaddis olim Imom al-Buxoriy 5-6 yoshda islom ilmini chuqur o‘qib o‘rgangan.

Hazrati Navoiy 4 yoshda o‘qishni mukammal bilgan. Al-Beruniy, Al-Xorazmiy ham ular qatorida yoshlikdanoq ilm cho‘qqilarini zabt etgan.

Bugunga kelib, yosh avlodni ajdodlarga munosib farzand qilib tarbiyalash maqsadida qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ta’lim sohasi rivojida yangi davrni boshlab berdi.

Mazkur tizim mutaxassislari – Maktabgacha ta’lim vazirligi bosh mutaxassisi Gulbahor Parpieva, Maktabgacha ta’lim vazirligining oziq-ovqat sifatini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i Abdurashid Sodiqov hamda bolalar psixologi Durdona Sayfullaeva bilan o‘tkazilgan stol atrofidagi davra suhbati tizimdagi o‘zgarishlar haqida bo‘ldi.

Tadbir «Sog‘lom avlod» gazetasi tahririyati va «Sog‘lom ona va bola» ayollar va yoshlarni qo‘llab quvvatlash markazi bilan birgalikda o‘tkazildi. Unga  “G‘uncha” jurnali  bosh muharriri Dilfuza Shomalikova va  “Tong yulduzi”  gazetasi  bosh muharriri Feruza Odilova taklif etildi. Davra suhbati qizg‘in kechdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.