Oila madaniyati – yurt tinchligi

0
555
marta ko‘rilgan.

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy mahallasida Toshkent shahar  “Sog‘lom ona va bola” ayollar va yoshlar markazining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi loyihasi asosida ”Oila madaniyati – yurt tinchligi” mavzuidagi “Salohiyat” ko‘chma klubining dastlabki tadbiri iyun oyida bo‘lib o‘tdi.

Unda yuridik fanlari doktori Farruxa Muhiddinova ”Onalik va bolalik davlat himoyasida” mavzuida gapirdi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professori, zahiradagi polkovnik Soraxon Axmedova har bir oilaga kundalik faoliyatida zarur bo‘ladigan “Oila” kodeksini sharhlab berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Qonstitutsiyasi asosida “O‘z huquqingizni bilasizmi” mavzuida tayyorlangan savolnomalar tinglovchilarga tarqatildi. Ushbu savollarga tinglovchilar tomonidan berilgan oilaviy javoblar Markazning saydida “O‘z huquqingizni bilasizmi” rukni bilan berib boriladi. Malakali javob bergan oilalar loyiha yakunida(loyiha bir yillik) taqdirlanadi. Bu tadbir tinglovchilarning huquqiy bilimini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi.

Ikkinchi yo‘nalish oilalarning mutolaa madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlandi. Respublikada xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ra’no Zaripova “Kitob tafakkur xazinasi” mavzuda muloqot qildi. O‘zining hamda oila a’zolarining mualliflik kitoblaridan va shaxsiy kutubxonasidan 25 tasini mahalla kutubxonasiga sovg‘a qildi. Shuningdek, “G‘uncha” jurnali tahririyati bosh muharriri Dilfuza Shomalikova va “Sog‘lom avlod” gazetasi bosh muharriri Faxriddin Hayitov nomidan tadbir qatnashchilariga oilaviy mutola uchun gazeta va jurnallar hamda mutola madaniyati aks etgan jurnalning yil taqvimi tarqatildi. Ulardan yangi tashkil etilgan mahalla kutubxonasiga ham armug‘on qilindi.

Tadbir so‘ngida markaz a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiyot sanitariya birlashmasining 1-Markaziy poliklinikasida uzoq yillar ishlab nafaqaga chiqqan, hojilarning salomatligini kuzatuvchi sifatida haj va umra ziyoratiga xizmat safari bilan bir necha marta borgan tabarruk onaxon Raximaxon opa Zokirova va “Chinobod” sanatoriyasi vrachi, oliy toifali vrach Xolida Ochilova tadbir qatnashchilarining savollariga javob berib, tibbiy maslahatlar berishdi. Xolida Ochilova o‘zi yozgan ona yurt ne’mati bo‘lmish dorivor giyohlar va sabzovotlarning shifobaxsh xususiyati haqidagi turkum kitoblarini tadbir qatnashchilariga va mahalla kutubxonasiga arg‘umon qildi.

 

J. Sa’dullayev

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.