Respublika perinatal markazi mutasaddisi tug‘ruqxonalarni optimallashtirish bo‘yicha taklif berdi

0
254
marta ko‘rilgan.

“Sog‘lom avlod” gazetasi va “Sog‘lom ona va bola” ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamkorligida tashkil etilgan “Stol atrofida” loyihasi doirasida o‘tkazilgan davra suhbatida Respublika perinatal markazi direktor o‘rinbosari Shohida Bobojonova tug‘ruqxonalarni optimallashtirish bo‘yicha taklif bildirdi:

– Bugun ba’zi chekka tumanlarda ham birdan ortiq tug‘ruqxona majmuasi mavjud. Biroq ularning barchasi ham zamonaviy talablarga javob bera olmaydi. Birida malakali mutaxassislar yetishmasa, boshqasida tibbiy jihozlar talabga javob bermaydi.

Shu sohada uzoq yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis sifatida, tug‘ruq komplekslarini optimallashtirishni taklif etgan bo‘lardim. Bu taklif o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgani yo‘q. Dunyoning juda ko‘p rivojlangan mamlakatlarida tug‘ruqxonalar birlashtirilib, katta tibbiy markazlarga aylantirilgan. Agar 2-3 ta tumandagi tug‘ruqxonalar birlashtirilib, perinatal markazlarga aylantirilsa, u yerda yuqori malakali shifokorlarni jamlash hamda bu muassasani eng so‘nggi rusumdagi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash imkoniyati yuzaga keladi. Natijada aholiga ko‘rsataliyotgan tibbiy xizmatlarning sifati va samaradorligi oshadi.

Ayrimlar oraliq masofa ortib, bemorni markazga yetkazish qiyinlashadi, deb e’tiroz bildirishi mumkin. Lekin bugun homilador ayolni hech kim otaravada tug‘ruqxonaga olib kelmaydi. Yengil mashinalar uzoqni yaqin qilib turibdi.

 

Gulchehra Shirinova yozib oldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.