Respublika reproduktiv salomatlik markazi bosh mutaxassisi: xususiy klinikalar malakali mutaxassislarni “o‘g‘irlab” olmoqda

0
166
marta ko‘rilgan.

Bu haqida “Sog‘lom avlod” gazetasi va “Sog‘lom ona va bola” ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamkorligida tashkil etilgan “Stol atrofida” loyihasi doirasida o‘tkazilgan davra suhbatida fikr bildirdi:

– O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot xodimlari masalasida bu borada hech qanday muammolar uchramaydi. Faqatgina bilim olish borasidagi sifat masalasi oldimizda turgan dolzarb masala sanaladi, – deydi Ikrom Amonov, – ammo, oliy ma’lumotli tibbiyot xodimlari yetishmasligi chindan ham tibbiyotning har bir sohasida mavjud muammodir. Akusher-ginekolog sohasi ham bundan mustasno emas.

Yaqinda Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida markazdan 80 km olisda joylashgan QVPda bo‘lgandim. Navoiy viloyati tibbiyot muassasalarida oliy ma’lumotli tibbiyot xodimlariga vakansiya juda yuqori darajada ekan. Hozirda, tibbiyot oliygohlari uchun qo‘shimcha kvotalar ajratildi. Bu ham kelajakda kadr taqchilligining oldini olishda o‘z samarasini beradi.

Kuzatuvim davomida shunga amin bo‘ldimki, oxirgi 5 yil ichida ko‘plab tibbiy mutaxassislar xususiy sektorga o‘tib ketgan. Qariyb 40 foiz shifokorlar davlat muassasalaridan xususiy klinikalarga o‘tib ishlamoqda.

Buning bir qancha sabablari bor. Birinchidan, yurtimizda xususiy klinikalar faoliyati rivojlanmoqda. Hozirda xususiy sektorda shifokorlar uchun 7-8 million so‘mgacha ish haqi to‘lanadi. Bu esa shifokorning moddiy manfaatdorligi oshishiga xizmat qiladi. Ikkinchidan, davlat tasarrufidagi tibbiyot muassasalari shifokorlarining o‘z vazifasidan tashqari turli jamoat ishlariga jalb etilayotgani ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

Qo‘pol bo‘lsa ham aytish joiz, xususiy klinikalar tibbiyot muassasalarining malakali mutaxassislarini “o‘g‘irlab” olmoqda. Sababi yaxshi mutaxassislarni mijozlar ko‘p izlab keladi.

Xurshida Husenova

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.