Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludiga bag‘ishlangan tadbir

0
160
marta ko‘rilgan.

Bahorning ilk kuni- O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludiga bag‘ishlangan an’anaviy tadbir Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida ham o‘tkazildi.

Universitetning jahon tillari kafedrasi o‘qituvchisi Muxlisa Muhiddinova rahbarligida tayyorlangan Zulfiyaxonim hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan dasturning ijrochilari Korporativ boshqaruv fakultetining 1-kurs talabalari bo‘ldi.

Tadbirda shoira Zulfiya ijodidan namunalar o‘qildi. Ona Vatanni, bahorni tarannum etuvchi she’rlari yangradi. Umr yo‘ldoshi o‘zbek xalqining sevimli shoiri Hamid Olimjon bilan kechgan hayoti, ijodiy faoliyati sahna ko‘rinishlarida aks ettirildi. Ijodkor yoshlar ularni ko‘ngil kechinmalarini har bir yurakka yetib boradigan tarzda mehrga burkab ifoda etishdi. Eng asosiysi bunday tadbirlar tez-tez o‘tkazilib turilar va dasturlarni talabalarning o‘zlari tayyorlab o‘zlari ijro etishar ekan.


-Talabalarimiz juda faol va is’tedodli. Bundan avval kafedramiz allomalarimiz Alisher Navoiy va Zahriddin Muhammad Bobur tavalludi kunlari munosabati bilan tadbir o‘tkazgan edik. Bugungi tantanadan foydalanib tadbirlarimizda faol qatnashayotgan talabalarni faxriy yorliklar bilan raxbatlantirish niyatidamiz,- dedi tadbir tashkilotchisi Muxlisa Muhiddinova.


Ma’ruf Qurbonov, Husnigul Sobirova, Murodjon Muxtorov, Gulchehra Yahyoyeva, Nazira Sa’dullayeva, Muhammadsodiq Murodxonov kabi ko‘plab faol talabalarga faxriy yorliklar topshirildi. Bunday tadbirlar talabalarni olgan bilimini uqishga, fikrini rivojlantirishga, mustaqil mutolaga, mulohaza qilishga o‘rgatadi. Talabalarda jamoat bo‘lib ishlash muhitini yaratadi. Studentning kayfiyatini, ilmga, bilimga maylini oshiradi. O‘qishga, izlanishga, fikrlashga mushohadaga chorlaydi. Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, bunday tadbirlar tufayli dam olish ham ilm olish ham uyg‘unlashadi.


Tadbirga bizni “Sog‘lom ona va bola” markazini ham taklif etishdi. Men ham o‘z fikr-mulohozalarim bilan qatnashdim.


Eng asosiysi bizga ustozlik qilgan shoira Zulfiyaga bag‘ishlangan tadbirda qatnashganim, unda talabalarning faol ishtiroki meni mamnun etdi, katta tassurot qoldirdi.
Tadbir tashkilotchilaridan, talabalarning is’tedodini tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan murabbiylari, ustozlaridan xursand bo‘ldim. Ularga omadlar tilab qolaman.


Ra’no Zaripova,
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.