Allomalar o‘gitlaridan
- Chin ko‘ngildan izlasang, musibatli holatdan ham quvonchli nimadir topiladi.
- Hayot naqadar go‘zal, agar unga bag‘rikenglik bilan qaralsa.
- Bugungi kuning musibatli bo‘lsa, bundan ham og‘ir paytlar yuz berishi mumkinligini o‘ylab, o‘zingni ovutishing kerak.
- Hech qachon tuganmas g‘am tashvish bo‘lmaydi uni hamisha yengish mumkin.
- Insonning eng katta xatosi umidsizlikdir.
- Inson o‘zining ayanchli ahvolidan qutulishiga chin ko‘ngildan umid qilar ekan, bunday umid natijasiz qolishi mumkin emas.
- Bizning eng yaqin do‘stlarimiz kitoblardir.
- Haqiqiy do‘st inson boshiga g‘am-tashvish tushganda bilinadi.
- Shunday vaqt keladiki, fan inson xayolidan o‘zib ketadi.
- Dunyoda haqiqat va yolg‘on bor ekan, hammaga yoqish mumkin emas.
- Boshingga kulfatga tushganda faqat bitta yo‘l, g‘amni o‘ylamay bardam bo‘l.
- Hayot qiyinchiliklarida toblangan inson eng baxtli insondir.
V. Topildiyev to‘plagan