KITOB INSONIYATNING  TAFAKKUR XAZINASIDUR

0
3547
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning  “Yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida  e’tibor qaratish lozim”, degan ko‘rsatmalari Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi jamoasi uchun dasturul amaldir.

Darhaqiqat, ma’naviy ozuqa olishning, chin inson bo‘lib yetishishning birdan bir yo‘li bu kitob mutolaasi hisoblanadi. U insonni komillik sari yetaklaydi. Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin do‘st va bebaho boylikdir.

Millatning ma’naviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

 Mamlakatimizda axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnika bazasi yangilanib, zamonaviy elektron kutubxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Sohaga oid qator qonun va qarorlar qabul qilingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Endilikda avvalgi oddiy an’anaviy kutubxonalar o‘rnini zamonaviy ko‘rinishdagi kompyuter texnologiyalariga asoslangan axborot-kutubxona markazlari va axborot-resurs markazlari egalladi. Albatta, bu sohaning taraqqiyotiga oid yaratilgan huquqiy mexanizmlarning faoliyatga joriy etilishining ijobiy samarasidir.

 Jumladan, markazimizning foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Ko‘chma kutubxona”, “Mobil kutubxona”, “Kitob chemadonchasining sayoxati” kabi loyixalari doirasida “Bir soatdan oilaviy kitob o‘qish”, “Men kitob o‘qishni sevaman”, “Men farzandimga kitob sovg‘a qilaman”, “Biz oilaviy o‘qiymiz” kabi aksiyalar tashkil etilgan. Ushbu aksiyalarni o‘tkazish doirasida oilada sog‘lom ma’naviy muhit yaratish, har bir oilada ma’naviy ong, har tomonlama yetuk kamolga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash bilan birga imkoniyati cheklangan insonlarni uylariga borib, ular bilan suxbatlashib, yangi kelgan adabiyotlar bilan tanishtiri jarayonida qiziqishlarini inobatga olgan holda o‘qish uchun kitoblar tavsiya etiladi. Ularni hayotga, yashashga qiziqishlarini orttirish maqsadida bir qator oilalarga tashrifimizni misol keltirmoqchimiz: 

Chilonzor tumani “Navbahor” mahallasi 8-mavze 14-uy, 6-xonadonda istiqomat qiluvchi N. Xolmatovalar oilasida o‘tkazildi. Xonadon egalari uchun “Mening sevimli kitobim”nomli hamda sevimli yozuvchimiz Chingiz Aytmatovning 90 yilligiga atab “Chingiz Aytmatov-buyuk adib va jamoat arbobi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Adibning asarlariga qiziqqan xonadon bekasi Nigoraxon Xolmatova “Oxirzamon nishonalari”asariga qiziqdi va o‘qish istagini bildirdi;

 Xuddi shunday aksiya Chilonzor tumani “Botirma” mahallasida istiqomat qiluvchi Aminovlar oilasida o‘tkazildi. Ushbu xonadon egalari uchun “Bolalar adabiyoti – olamiga sayohat” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmadan o‘rin olgan bolalar uchun turli sohalarga oid ensiklopediyalar, badiiy adabiyotlar, ertak kitoblarga bibliografik sharh berildi. Qiziqarli ertak kitoblarni ko‘rgan Feruzaning jajji o‘g‘ilchasi Sarvar Aminov kitoblarni o‘qib chiqish va kutubxonaga a’zo bo‘lish istagini bildirdi. Natijada, Aminovlar oilasi kitobxonlik dunyosiga oshno bo‘lib, o‘zlari tanlagan adabiyotlarni mutolaa qilish uchun AKMga a’zo qilindi, badiiy adabiyotlar, o‘zbek xalq ertaklari  bir necha kunga berildi.

Shuningdek, “Navbahor” maxallasining 14 uy 25 xonadonida istiqomat qiluvchi Normatovlar oilasida o‘tkazildi. Ushbu xonadon egalari e’tiborini biz olib borgan  bolalar va mumtoz adabiyoti, roman, qissa va ertak kitoblar oldi. Turli kitoblar olamini taqdim etish, obzorlar o‘tkazish orqali kitobxonlik va mutolaa madaniyatini oshirish uchun katta imkoniyat yaratildi. Rang-barang va qiziqarli ertak kitoblarni ko‘rgan Ulkan ayaning nevaralari Abdulaziz va E’zozaxonlarning quvonchini ta’riflashga so‘z ojizlik qiladi. Ko‘rinib turibdiki, markazimiz yana bir kitobsevar oilasini, doimiy kitobxonini topdi.

Shuningdek yaqinda «Yilning eng faol kitobxoni», «Yilning eng ko‘p o‘qilgan kitobi», «Yilning eng ko‘p o‘qilgan muallifi» bo‘yicha natijalar e’lon hilindi. Eng faol kitobxonlardan Xamdamov D.,Talipova E., Karimov T. lar yil davomida kitob va vahtli matbuot nashrlarini eng ko‘p o‘higan, «Bilim» AKMda o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar, adabiy kechalar, viktorinalar, davra suxbatlarining faol hatnashchilari deb topildi.

«Yilning eng ko‘p o‘qilgan kitobi», «Yilning eng ko‘p o‘qilgan muallifi» nominatsiyasida O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” kitobi g‘olib bo‘lib, bu yo‘nalishda Akbarov N., Nuriddinov U., Ishquvatov S. yetakchi bo‘lishdi. Barcha nominatsiya g‘oliblariga «Bilim» AKM rahbariyati tomonidan diplomlar taqdim etildi.

Hafiza KARIMOVA, Toshkennt shahar «Bilim»

 axborot-kutubxona markazi direktori

Dilnoza MO‘MINOVA, Markazning Foydalanuvchilarga

xizmat ko‘rsatish  bo‘limi mudiri

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.