Navro‘z ayyomida O‘zbekiston xalq shoiri  Abdulla Oripov tavallud topgan

0
159
marta ko‘rilgan.

ShOIRNING QAYTIShI

O‘zbekiston Respublikasi madhiyasining muallifi, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlanadi.

G‘amlar qarimadi, 
eskirmadi dardlar,
kechagi yaralar bitmadi hali.
Hali qaroqlardan to‘kilmay gardlar,
taqdir ko‘ksimizga bosdi changalin.

Xalqim, 
oh, naqadar og‘ir zalvori –
tag‘in sizib kirdi bir sovuq xabar:
Olamni tark etdi Abdulla Orif
ummonlar ortida, bir majruh sahar.

Shu tun uxlatmadi
she’r emas alam,
Tumanlar bag‘riga cho‘kdim, zim-ziyo…
Qog‘ozsiz bir qaro cho‘pakdir qalam,
Shoirsiz g‘aribdan g‘aribdir dunyo.

Huvillagan bog‘lar shamoldan zada,
Yalang‘och daraxtlar turib qoldi lol.
Hissiz bog‘. 
Xontaxta. 
Bo‘sh turgan qadah,
qachon lablarimni etasan ishg‘ol?!

Bo‘g‘zimga botadi kuzning nam isi,
Tilim botinolmas vido aytmoqqa.
Qit’alar oralab bir shoir jismi
Ona tuprog‘iga mangu qaytmoqda.

O‘rtanadi dilim, tark etar nahot,
Ko‘z yoshlarga ko‘nmas, azal qaro yer.
Alvido, alvido, ey tabarruk zot,
Vatanni ko‘ksimga jo qilgan shoir!

Endi yulduz bo‘lib chaqnar falakda,
Toki boshimizda panohdir osmon.
Yashaydi jam bo‘lib har bir yurakda
Abdulla Oripov va O‘zbekiston!

Faxriddin Hayit

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.