Nomozshom gul va quyosh  haqida rivoyat

0
528
marta ko‘rilgan.

Qadim zamonlarda bir o‘lkada qiz bilan yigit bo‘lgan ekan. Ular bir-birlariga ko‘ngil berib, va’dalashgan ekanlar. Ularning ana shunday shodon kunlarida yurtiga yov bostirib  kelibdi. G‘o‘ch yigitlaru barcha erkaklar kurashga otlanishibdi. Ammo, g‘alaba nasib qilmabdi. Omon qolganlar toqqa  kochishibdi.

Yov askarlari go‘zal qizlarni o‘ziniki qilib olishibdi. Ular orasida yigit vadalashgan qiz ham bor edi. Oylar o‘tibdi. Yigit qo‘shin to‘plab, o‘z qishlog‘ini yovdan ozod qilibdi. Lekin o‘z sevgilisini topa olmabdi. Rosa izlabdi. Axiri yigit o‘t bo‘lib, otash bo‘lib, olovga aylanib,  yer yuzini  aylanaveribdi, qizni uchrata olmabdi.

Shunda odamlarni yigitga rahmi kelib,  “ko‘z yoshi qilib, pastga tush, shunda rahmi kelib,  sevgiling senga o‘z jamolini ko‘rsatar,-deyishibdi. Yigit bo‘lsa hyech kimning gapiga kirmay yana olov bo‘lib aylanishda davom etibdi, oxiri  oshiq yigit olovli sharga aylanib, ko‘kda qolib ketibdi. Odamlar unga quyosh deb nom qo‘yishibdi.

Qiz esa o‘shandan beri o‘z yoriga yuzini ko‘rsatishdan  uyalib, nomozshomgulga aylanib qolibdi. Shu-shu quyosh ufqqa bosh qo‘ygach, nomozshom gul chiroy ochar ekan.

Darhaqiqat, tabiat mo‘jizaga boy. Uning sir-sinoatlarini bilish qiyin.      

A. Do‘smuratov,

tibbiyot fanlari doktori

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.