Sog‘lom avlod orzusi – milliy qadriyatlardan biri

0
415
marta ko‘rilgan.

Qadim qadimdan xalqimiz sog‘lom avlod tarbiyasiga alohida e’tibor bergan. Xalq dostonlari ertaklari afsonayu qo‘shiqlari va allomalarning asarlarida go‘zal siymoli xushsuvrat yigit-qizlar mehr – muhabbat bilan ta’rifu tavsiflanishi ham buni tasdiqlaydi. Masalan, hammamizga maktab darsliklaridan tanish Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhodning jasoratini, Vatan ishiga kamarbasta matonatini yoki Shirin va uning o‘n nafar kanizagining ta’rifu tavsifini bir eslang.

Diloromu Diloro-yu Diloso

Gulandamu Sumanbo‘yu Sumanso

Parichehru, Parizodu Parivash

Paripaykar zihi o‘n ismi dilkash.

Allamo o‘n kanizagining har birida orzu havas qilgudek fazilatlar borligini va ularning bari Farhodu Shirinda mujassamlashganini faxr bilan kuylaydi. Har biri bitta yo‘nalish-tarix, fizika, matematika, mantiq, astronomiya, huquqshunoslik kabi ilmlarning yetuk sohibalari bo‘lmish kanizaklar Farhodni savolga tutadilar. Farhod hozirjavoblik bilan kamolat sohibi ekanligini namoyon etadi. Hazrat Alisher Navoiy nazdidagi bo‘lajak onalar shu qizlar timsolida mujassamlashgan. Sog‘lom fikrlovchi ham jismoniy ham ma’nan go‘zal farzandlar ana shunday yetuk ilmli, komil insonlardan bino bo‘lishligini allama shoirimiz orzu qilgan bo‘lsa ajab emas. Zero, sog‘lom onadan sog‘lom farzandlar dunyoga keladi. Lekin bu orzuni umummilliy vazifaga aylantirish, uni to‘la ruyobga chiqarish imkoniyati faqat O‘zbekiston istiqlolga erishgandan keyin vujudga keldi. Xalqimizning asriy orzulari ushaldi.

Iste’dodli qizlarga Zulfiya nomidagi mukofotning berilayotganligi, ilmu fan bilan shug‘ullanayotgan salohiyatli yoshlarga Prezident stipendiyasi ta’sis etilib, ruhlantirilayotganligi, izlanuvchan yosh san’atkorlarga “Nihol” sovrini joriy etilib ular rag‘batlantirilayotganligi komil inson tarbiyalash yo‘lidagi qadamlardir.

Mustaqillik yillarida “Sog‘lom ona-sog‘lom bola” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan dastur asosida keng ko‘lamli chora tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga joriy etildi. Xususan zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan diognostika, skrining va perinatal markazlari, yangi tug‘ruqxonalar barpo etildi. Mamlakatimizda xalqimizning ijtimoiy himoyasiga alohida e’tibor berilmoqda.

Sahiylik va ahiylik

Alloma Navoiy o‘z asarlarida muruvvatga, saxovatga juda ko‘p e’tibor karatadi.”Mahbubul-qulub” asarida saxovatsiz kishini yog‘ingarchiliksiz bahorga, mevasiz yog‘ochga, yog‘insiz bulutga qiyoslaydi. Hazrat o‘z asarida himmat bobida shunday deydi “Bitta utmakni ikki bo‘lib yarmini bir ochga berganni saxiy de, o‘zi yemay barini muhtojga berganni ahiy de” deya o‘git beradi Saxiylik, muruvvat himmatlilikni ulug‘laydi. Navoiy aytadiki, har bir odam birovning og‘irini yengil qilishi kerak, birov yig‘lasa, uning boshini silab, jismiga jon, joniga darmon bo‘lishi kerak. Ushbu asarning Saxovat bobida yana shunday yozadi: “Saxovat odamga badandur va himmat anga ruh… himmatsiz kishi er sonida emas va ruhsiz badanni kishi tirik demas”.

Hazrat Navoiy yonib kuylagan bu o‘gitlar hukumatimizning bugungi siyosatini o‘zida ifoda etadi. Mustaqil O‘zbekistonning dastlab qabul qilgan Qonunlaridan biri ham nogironlarning rayeablitatsiyasi hakida edi. Mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom Karimov savob ishni xar kim, har kun qilishi kerak deya qayta-qayta uqtiradilar. “Sog‘lam avlod” davlat dasturi olti yo‘nalishdan iborat bo‘lsa uning bir bo‘limi nogironlar, ko‘ngli yarimlarning ijtimoiy muhofazasiga karatilgan edi.

Ayni kunlarda kam ta’minlangan va turar-joyga muhtoj kishilarga arzon uylar berilayotgani ham davlatimiz tomonidan xalqimizga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklardan yana biridir. ”Uch ovsin bir uyda yashardik. Sirg‘ali tumanidagi yangi qurilgan arzon uylardan bizning oilalarimizga ham ajratildi. Xonadonlar yashashga qulay, barcha imkoniyatlar mavjud. Biz mamlakatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz – deydi Gulchehra Odilova.

 

Ra’no Zaripova,

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.