So‘x tumanida she’riyat kechasi

0
243
marta ko‘rilgan.

Otajonim O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning tavallud kuni munosabati bilan   So‘x tumaniga taklif qilishdi. Juda go‘zal she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi.

          Farg‘ona vodiysining so‘lim go‘shalaridan bo‘lmish So‘x tumani o‘zining o‘zgacha tabiati bilan kishini rom etadi. Maftunkor bu maskan nafaqat o‘simlik va hayvonot olamining betokrorligi bilan emas, balki turli bebaho konlari bilan ham ajralib turadi. Yana bu tumanda qadimdan ziroatchilik, chorvachilik, bog‘dorchilik, ovchilik va hunarmandchilik aholining asosiy mashg‘ulotlaridan hisiblanadi. Shuning uchun ham bu yerdan “Buyuk ipak yo‘li” o‘tgan va mahsulot ayriboshlash qulay bo‘lgan. Shuningdek, bu tumandagi tog‘larda qadimiy tarixiy tabiiy g‘orlar ko‘p bo‘lganligi sababli ham odamzodning ibtidoiy jamoa tuzimi davrida ya’ni, tosh davrida qanday yashaganligi bilan olimlar mudom qiziqib, ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda.

    Bunday jannatmakon va tarixiy hududda tabiyki ijodkorlar ham ko‘plab yetishib chiqadi.  She’riyat kechasida viloyatning ko‘plab ijodkorlari o‘z she’rlari bilan muxlislarni mamnun  qilishdi. Ana shunday bo‘lg‘usi shoiralardan biri so‘xlik Mahtobaxon Saidahmatovadir.

Quyida uning ijod namunasidan  sizga ham ilindik.

Shoira Oripova,

“Sharq ayoli” markazi direktori o‘rinbosari

 

                           Yurak ursa hamki Vatan deb ursin

  Dunyoga keldingmi maqsading bo‘lsin,

 Qalbing shijoati shodlikka to‘lsin.

 Yaxshiyu yomonni farqlay bil ey do‘st,

 Yurak ursa hamki Vatan deb ursin.

 

Ko‘zlaring ko‘rsa gar yorug‘ olamni,

Har bitta nigohing yaxshiga tushsin

Bir on chetga surgin dardu alamni,

Ko‘zlaring ko‘rsa ham Vatanni ko‘rsin.

 

 Orzu-umid ila bir qasr qurgin,

 Uning poydevori ishonchdan bo‘lsin.

 Sen qurgan shu qasr ona Vatanga,

 Zarracha bo‘lsada ko‘rk qo‘shib tursin.

 

 Vatanga muhabbat, sadoqat ila,

Bosgan har qadaming xayrli bo‘lsin

 Nimaniki tilasang Vatan deb tila,

 Har orzu, niyating ijobat bo‘lsin.

 

 O‘g‘il-qizlaringga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat.

 Toki ular seni yo‘lingda yursin.

 Olg‘a intil endi o‘tmasin fursat,

 Farzanding yuragi Vatan deb ursin.   

Mahtobaxon Saidahmatova

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.