Zulfiya Mo‘minova: “Ayolga baxt bering”…

0
10969
marta ko‘rilgan.

Go‘zal she’riyat, dilkash izhoriy satrlar hamisha tilimizda, dilimizda jaranglaydi.  Bayramlarda, tantanali kunlarda  qayta- qayta o‘qiladi. Davralarga jon bag‘ishlaydi.

Ayolga baxt bering, saodat bering,

Demang, yuribdi-ku kulib jilmayib.

Ayol kulib turib o‘lishi mumkin,

Dunyoni olishi mumkin jilmayib.

Ayolga baxt bering, saodat bering,

Gar ko‘zlari kulib tursa-da,

Bo‘g‘zining ostida necha ming hasrat,

Oy yuzlari kulib tursa-da,

Ko‘nglini ko‘taring hyech bo‘lmaganda,

Qo‘lini silashga sharofat toping.

Yig‘lab turganida hyech bo‘lmaganda,

Yoshini artishga muruvvat toping.

Nogoh yerga tushsa oppoq  ro‘moli

Bosib o‘tmaslikka shafoat toping,

Chaqaloq yalagan etaklarini

Toza deb aytishga adolat toping.

Ayolga baxt bering, saodat bering,

Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib.

Ayol kulib turib o‘lishi mumkin.

Dunyoni olishi mumkin jilmayib.

Ayolga baxt bering, saodat bering.

Illohi nur toping, hidoyat toping.

Illohi baxt bergan ayol yonidan.

Baxtiyor o‘tmoqqa inoyat toping.

Illohi qalqonsiz, illoh ko‘rg‘onsiz,

G‘iybatlar yirtmasin ko‘ylakkinasin,

Illohi hushyorsiz, illoh bedorsiz.

Itlar tishlamasin yurakkinasin.

Ayolga baxt bering, saodat bering .

Tog‘ qimirlab, toshlar so‘zga kirsa-da,

Ayolga baxt bering, saodat bering .

Oltmishga kirsa-da, yuzga kirsa-da.  

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.