15 mart – Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni

0
187
marta ko‘rilgan.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tuzilmalari, shuningdek, tashkilotning virtual qabulxonasi va yagona intertaktiv portaliga 2017 yilda aholidan 14 ming 127 ta ariza, taklif va shikoyatlar kelib tushgan. 4 milliard 397 million 410 ming so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilishiga erishilgan.

Bu mamlakatimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilanganidan dalolatdir. Zero, Asosiy qonunimizning 53-moddasida iste’molchilar huquqlari ustunligi prinsipi o‘z ifodasini topgan. 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrda qabul qilingan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 

 Federatsiya tomonidan muntazam ravishda aholi bilan tashkil qilinayotgan sayyor muloqotlar, ochiq eshiklar kuni samarasi o‘laroq muammolar joyida ijobiy hal etilishiga erishilayotir. Murojaatlarni belgilangan muddatda ko‘rib chiqishga mas’uliyat bilan yondoshilayotganligi esa aholining O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.