O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini imzoladi. Ushbu farmonning to‘liq matni O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ShARH ham yoritilgan.
Ushbu Farmonga ko‘ra:
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta ta’lim uzluksiz va bepul 11 yillik ta’lim negizida amalga oshiriladi;
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan ta’lim muddatlarida amalga oshiriladi.